1

Endi transport vositangiz uchun yangi to`lov to`laysiz

Jamiyat 06.06.2020, 12:33
Endi transport vositangiz uchun yangi to`lov to`laysiz

G`ildirakli transport vositalari, o`ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizasiya yig`imini joriy etish to`g`risida” Hukumat qarori (347-son, 02.06.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda huquqiy axborot kanali ma`lum qildi

Unga ko`ra, ayrim transport vositalariga utilizasiya yig`imi joriy qilinadi. Qaror bilan 2020 yil 1 avgustdan utilizasiya yig`imi stavkalari va utilizasiya yig`imi to`lanadigan g`ildirakli transport vositalari, o`ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari turlari va toifalarining ro`yxati tasdiqlandi.

Transport vositalarini “erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimida rasmiylashtiradigan jismoniy va yuridik shaxslar yoki O`zbekiston hududida sotiladigan g`ildirakli transport vositalari, o`ziyurar mashinalar va ularning tirkamalarini ishlab chiqaradigan (yig`adigan, tayyorlaydigan) jismoniy va yuridik shaxslar utilizasiya yig`imi to`lovchilari hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1