1

Telegram faoliyatida dunyo bo`ylab uzilishlar ro`y berdi

Dunyo 07.06.2020, 13:51
Telegram faoliyatida dunyo bo`ylab uzilishlar ro`y berdi

7 iyun kuni (Toshkent vaqti bilan 1:05) Telegram messenjerida keng ko`lamli uzilish ro`y berdi. Bu haqda Downdetector servisi ma`lum qilmoqda. 

Servis bergan ma`lumotga ko`ra, nosozliklar dunyo bo`ylab kuzatilmoqda, ayniqsa Rossiya va Evropada. 

Messenjerdagi uzilishlar Toshkent vaqti bilan taxminan 1:05 dan boshlangan. Foydalanuvchilarning asosiy qismi messenjerga ulana olmayotgan bo`lsa, ba`zilarda xabarni yuborishda muammolar tug`ilmoqda. 

Hozirda Telegram’dagi nosozliklar sababi haqida messenjer vakillari rasmiy ma`lumot berishmagan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1