«OSON» — O`zbekistonda birinchi elektron pul tizimi operatori bo`ldi.
"BRIO GROUP" to`lov tashkiloti Markaziy bank bayonnomasi asosida 1-son ostida “OSON” elektron pul tizimi operatorlari reestriga kiritilgan.
Kompaniyaning uch yildan buyon “OSON” to`lov tizimi va “OSON” elektron hamyoni ustida ishlashi shuningdek, O`zbekiston Respublikasining «To`lovlar va to`lov tizimlari to`g`risida»gi qonuni va Markaziy bankning o`z vaqtida tatbiq etilgan «O`zbekiston Respublikasi hududida elektron pul chiqarish va muomalasi qoidalari» ushbu tarixiy voqeaning shakllanishiga o`z hissasini qo`shdi.
O`zbekistonda birinchilardan bo`lib joriy etilgan “OSON” elektron karmoni foydalanuvchilarga to`lovlar va o`tkazmalarni amalga oshirish geografiyasini osonlik bilan kengaytirish, shu bilan birga o`z pullarini “OSON” elektron pullar tizimining eng past komissiyalarida tejab qolish imkonini beradi.
“OSON”yordamida mobil aloqa, internet, kommunal xizmatlar, onlayn-o`yinlar uchun to`lovni amalga oshirishingiz mumkin. “OSON” so`m qabul qilishiga nafaqat global, balki milliy servislar ham ulanadi. Siz “OSON” so`m bilan nafaqat onlayn tarzda to`lay olasiz, balki tizim kafe, restoran va do`konlarning egalariga naqd pulsiz to`lovlarni qabul qilish imkonini beradi.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, O`zbekistonda “OSON” mamlakat tashqi va ichki xizmat ko`rsatish bozorlarining yaxshilanishi va diversifikasiyasini ta`minlaydi, mahalliy frilancerlarning xizmatlari savdosi dinamikasini oshiradi va natijada mahalliy tadbirkorlar, ayniqsa, kichik biznes sub`ektlarining online-tijorat sohasidagi mahsulotlar eksportini kuchaytiradi.
To`lov xizmatlari arxitekturasini kengaytirish va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida kompaniya tomonidan bir qator xalqaro to`lov tizimlari, ayniqsa PayPal bilan to`lovlarning integrasiyasi va xavfsizligi masalasi bo`yicha faol hamkorlik yo`lga qo`yilmoqda.
“OSON” ning 1-son ostida elektron pul tizimi operatorlari reestridan ro`yxatdan o`tishi kompaniya uchun sharaf, yuqori ishonch va e`tirof, shuningdek, "BRIO GROUP" MChJ jamoasi uchun o`z foydalanuvchilariga qulaylik yaratish va quvonch bag`ishlash yo`lida yanada rivojlanishni davom ettirish uchun rag`bat hisoblanadi.
MA`LUMOT UChUN:
"BRIOGROUP" MChJ 2016 yilda tashkil topgan, «OSON» savdo belgisi va servis egasi hisoblanadi.
“BRIO GROUP” kompaniyasi O`zbekiston Respublikasining «To`lovlar va to`lov tizimlari to`g`risida»gi Qonuni asosida Markaziy bankning 2020 yil 28 martdagi 2-son lisenziyasiga ega. Bugungi kunda kompaniya etakchi elektron pul tizimlari, jumladan, Qiwi, WebMoney va Yandeks.Dengi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda va MDH, Osiyo va Evropa mamlakatlarida hamkor-agentlik tarmog`iga ega.






