Xodim roziligi bilan ish vaqtidan tashqari qancha ishlashi mumkin?

Jamiyat 04.07.2020, 10:57
Xodim roziligi bilan ish vaqtidan tashqari qancha ishlashi mumkin?

Xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi.

Qonunchilikka ko`ra, xodim o`z roziligi bilan ish vaqtidan tashqari surunkasiga 2 kun davomida 4 soatdan(mehnat sharoiti og`ir va zararli ishlarda — 1 kunda 2 soatdan) va yiliga 120 soatdan ortiq ishlashi mumkin emas.

Masalan, agar xodim birinchi kuni 4 soat  ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilingan bo`lsa, ertasi kuni hatto uning roziligi bo`lgan taqdirda ham uni bunday ishlarga jalb etish taqiqlanadi.

Ish smenasi 12 soat bo`lganda, shuningdek mehnat sharoiti o`ta og`ir va o`ta zararli ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga, xodimning roziligi bo`lgan taqdirda ham yo`l qo`yilmaydi.

Shuningdek, xodimni surunkasiga 2 smena davomida ishga jalb etish taqiqlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1