AsosiyDunyo

Yaponiyada kuchli suv toshqini: odamlar tvitter orqali yordam so`rashdi

'Yaponiyada kuchli suv toshqini: odamlar tvitter orqali yordam so`rashdi'ning rasmi

Kuchli yomg`ir oqibatida Yaponiyaning Kumamoto prefekturasi ko`chalarini sel bosdi, odamlar uylarida qamalib qolishdi. Ular tvitter orqali yordam so`rashmoqda.

Xitoyoshi shahrida yashovchilar ham yordamga muhtoj. O`zanidan chiqib ketgan daryo sohil bo`yida qurilgan uylarni cho`ktirmoqda. O`z oilalari bilan suv qamalida qolganlar qutqaruvchilarni kutishmoqda. NHK telekanali xabar berishicha, yordam so`rab yuzdan ortiq murojaat kelib tushgan.

Xabarlarga ko`ra, Yaponiya janubi-g`arbidagi ikki prefekturadan 200 mingdan ortiq inson xavfsiz hududlarga ko`chiriladi.

    Boshqa yangiliklar