1

Farg`onadagi IIB binosidan murdasi chiqqan 15 yoshli o`smir hodisasi ortidan ikki nafar xodim ishdan olindi

Jamiyat 12.11.2022, 12:43
Farg`onadagi IIB binosidan murdasi chiqqan 15 yoshli o`smir hodisasi ortidan ikki nafar xodim ishdan olindi

Farg`onada 15 yoshli voyaga etmagan shaxs joriy yil 17 oktyabr kuni Farg`ona viloyati IIB muassasasida vafot etganligi haqidagi xabarlarkeng muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Holat yuzasidan Farg`ona viloyati IIB matbuot xizmati “darakchi.uz”ga qo`shimcha ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 17 oktyabr kuni Qo`qon shahar voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko`rsatish markazi yotoqxonasida ikki nafar voyaga etmagan tarbiyalanuvchilar o`zi bilan birga tarbiyalanayotgan voyaga etmagan R.A.ga tan jarohati etkazganligi aniqlanib, Qo`qon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan hamda yuqoridagi 2 nafar voyaga etmagan tarbiyalanuvchilar qamoqqa olingan.

Voqea sodir bo`lgan kunda navbatchilik qilgan 2 nafar IIO xodimi tarbiyalanuvchilarni nazoratsiz qoldirib, janjalni oldini olmaganligi uchun, IIO safidan bo`shatilib, xodimlarga nisbatan to`plangan hujjatlar qonuniy chora ko`rishlik uchun viloyat prokuraturasiga taqdim qilingan.

Hozirda holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1