1

Senatning 6-yalpi majlisi: “Aholi bandligi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni ma`qullandi

Siyosat 07.08.2020, 12:06
Senatning 6-yalpi majlisi: “Aholi bandligi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni ma`qullandi

Bugun, 7 avgust kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi.

Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva olib bormoqda.

Senatorlar parlament yuqori palatasining oltinchi yalpi majlisi kun tartibidagi navbatdagi masala – “Aholi bandligi to`g`risida”gi Qonunni muhokama qildi, deya xabar bermoqda Senat Axborot xizmati.

Qayd etilganidek, amaldagi Qonunning to`g`ridan-to`g`ri amal qilish darajasi past bo`lib, bugungi bozor sharoitida samarasiz bo`lgan, eskirgan norma va qoidalarni o`zida mujassam etgan. Xususan, mehnat organlari tomonidan ko`rsatilayotgan xizmatlar bir nechta qonunosti me`yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Bundan tashqari, yangi ish o`rinlarini tashkil etish va kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish bo`yicha davlat buyurtmasi mexanizmlari ko`rsatilmagan. Shu jihatdan bandlikni ta`minlash, ishsizlikdan himoya qilish, mehnat bozori va mehnat migrasiyasi bilan bog`liq yangi munosabatlarni qonuniy tartibga solish zarurati ham vujudga kelmoqda.

Yangi tahrirdagi “Aholi bandligi to`g`risida”gi Qonun esa ushbu yo`nalishdagi faoliyatni tartibga solish maqsadlariga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, aholi bandligini ta`minlashda zamonaviy kasbiy va mehnat standartlarini joriy etish, mehnatga haq to`lashning mexanizmlarini tartibga solish va takomillashtirishda dasturilamal bo`ladi.

Qonunda birinchi marta ish bilan ta`minlashning samarali va istiqbolli yo`nalishlari – kasbiy malaka va kompetensiyani rivojlantirish milliy tizimi, mehnat daftarchalari va shartnomalarining elektron hisobini yuritishni nazarda tutuvchi yagona milliy mehnat tizimi joriy etilmoqda.

Ularning kiritilishi bandlikni ta`minlashning zaruriy sharti hisoblanib, mehnat bozori to`g`risida to`liq ma`lumot to`plash va olishga imkon beradi. Ayniqsa, raqamli iqtisodiyotga o`tish sharoitida bu juda muhim chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi.

 

Qonunning qabul qilinishi mehnat bozori va bandlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish, milliy ishchi kuchi sifatini oshirish uchun rag`batlantirishni tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirishni kuchaytirish, ishsizlarni moddiy qo`llab-quvatlash va ularning ijtimoiy faolligini rag`batlantirishni mustahkamlaydi.

Shuningdek, mehnat bozorida zamonaviy infratuzilma va institusional muhitni yaratish, mehnat organlari tomonidan ko`rsatilayotgan xizmatlar ko`lamini kengaytirish, shaxslarning tadbirkorlik tashabbuslari va o`zini o`zi band qilishga jalb etish imkoniyatlari ortadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1