1

Plastik jarrohlik muhim deb biladigan mashhurlar

SUG'DIYONA 09.12.2015, 12:11
Plastik jarrohlik muhim deb biladigan mashhurlar

Manzura, xonanda: — Men kosmetologik imkoniyatlardan keng foydalanganimni hech qachon yashirmaganman. Estrada olamiga kirib kelganimdagi ko`rinishim bilan bugungisining farqi katta. Shu sabab yolg`ondan foyda yo`q.  Bugungacha ikki marotaba plastik operasiyani boshdan o`tkazganman. Shuningdek, muntazam ravishda botoks va labga biogel bilan ishlov berish usullaridan foydalanib turaman va zamonaviy tibbiyot imkoniyatlaridan foydalanishning hech qanday yomon tomoni yo`q deb bilaman.

Munisa Rizaeva, xonanda: — Plastik jarrohlik yo`li bilan burnimning shaklini o`zgartirdim. Chunki bu  ish jarayonida ancha noqulayliklar keltirib chiqarardi. Masalan, tasvirga olish jarayonida kerakli rakursni topishga qiynalishardi. Lablarim shaklini o`zgartirishda botoksdan foydalanishimni ham yashirmayman. Lekin sun`iy go`zallikka haddan tashqari berilib ketish sog`liqqa zararligini bilaman va zarurat bo`lmasa, murojaat qilmagan bo`lardim.

Hosila Rahimova, xonanda: — Plastik jarrohlarga murojaat qilganimga 11 yildan oshyapti.  Ko`zimning shaklini o`zgartirish uchun qovog`imning tepa qismini oldirganman. Labimda ham botoksdan foydalanaman. Aslida kosmetologiya sohasi yangiliklarining tarafdoriman. Sababi, bularning bari biz ayollar uchun keng imkoniyat, deb hisoblayman.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1