1

O`zbekistonda xususiy bog`cha va maktablar ochilmoqda

Jamiyat 12.08.2020, 23:07
O`zbekistonda xususiy bog`cha va maktablar ochilmoqda

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagilarga ruxsat berildi:

2020 yil 15 avgustdan boshlab nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari va maktablar, shuningdek, o`quv kurslari (markazlari) faoliyatiga ruxsat berildi. Bunda, ushbu tashkilotlar faoliyati uchun:  

* mashg`ulotlar vaqtini oldindan kelishish (ta`lim markazlari va to`garaklar uchun);

* xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ning sog`lig`i holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam o`lchab borish), tana harorati 370S va undan yuqori bo`lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo`lgan xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ni mashg`ulotlar chetlatish;  

* xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo`lqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi;

* sanitariya-gigiena va dezinfeksiya talablariga qat`iy rioya etish, bino xonalarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to`shak”lar bilan jihozlash choralari ko`rilishi lozim.

Mavzuga doir:

Restoranlar, avia va temir yo`l qatnovlari, to`ylar: 15 avgustdan O`zbekistonda nimalarga ruxsat berilishi rasman e`lon qilindi

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1