Telegram messenjeri Android uchun ilovada videoqo`ng`iroq qulayligini taqdim etdi. "2020 yil dunyo videoaloqaning ishonchli vositasiga muhtoj ekanligini ko`rsatdi va bugun biz Android uchun ilovada videoqo`ng`iroq qilishning alfa-versiyasini ishga tushiryapmiz(iOS'da qo`ng`iroqlar imkoni bo`lishi bilan yo`lga qo`yiladi), — deyiladi messenjerning rasmiy saytidagi xabarda.
Videoqo`ng`iroq uchun foydalanuvchi profilidagi kamera belgili tugmani bosish kerak. Suhbat chog`ida ovozli qo`ng`iroqdan videoqo`ng`iroqqa o`tish, yoki buning aksini qilish mumkin. Shuningdek, videoqo`ng`iroqni ekranning burchagiga kichraytirgan holda surib qo`yib, chat orqali muloqot qilish ham mumkin.
Qayd etilishicha, videoqo`ng`iroqlar haqidagi ma`lumotlarni himoyasi ham kafolatlangan.
«Bog`lanish xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilishingiz uchun o`zingiz va suhbatdoshingiz ekranlarida ko`rinib turgan to`rtta emodzini solishtirishning o`zi kifoya: agar belgilar mos tushsa, qo`ng`iroq maxfiy chatlar va ovozli qo`ng`iroqlarda qo`llaniladigan shifrlash orqali ishonchli himoyalangan», — deya qo`shimcha qiladi Telegram