SSV xabar qilganidek, shu yilning 17 avgust kuni mamlakatimizda 598 holatda kasallik qayd etilgan bo`lib, barchasi tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Andijon, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Namangan hamda Xorazm viloyatlarida jami 607 nafar bemor sog`aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 35 927 nafar bemordan 31 580 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 88 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4 109 nafar bemordan 593 nafari og`ir, 178 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.
