1

Ta`lim krediti qancha muddatga beriladi?

Savol-javob 10.12.2015, 16:09
 Ta`lim krediti qancha muddatga beriladi?

“Oliy o`quv yurtlarida o`qish uchun talabalarga kredit beriladimi? Berilsa, qancha foiz evaziga?

D.Sharipova,

Toshkent shahri

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruv raisining birinchi o`rinbosari U.Mustafoev javob beradi: 

-Tijorat banklari respublika  oliy o`quv yurtlariga to`lov-kontrakt asosida o`qishga qabul qilingan O`zbekiston fuqarolari, ularning ota-lonalari va vasiylariga ta`lim to`lovi uchun ta`lim kreditlari ajratadilar.  (Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi “Oliy o`quv yurtlarida to`lov-kontrakt asosida o`qish uchun ta`lim kreditlari berish to`g`risida” gi qarori)

Ta`lim kreditlari o`qishga kirgan shaxslarga quyidagicha muddatda beriladi:

Bakalavriat uchun -10 yil muddatga;

Magistratura uchun - 5 yil muddatga;

Ta`lim kreditlarida quyidagicha  foiz stavkalari joriy etilgan:

chin etimlar va «Mehribonlik uylari»da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari va kam ta`minlangan oilalardan chiqqanlar uchun –o foiz stavka(Foizsiz kredit);

talabalarning qolgan toifalariga — O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo`lmagan o`zgaruvchi foiz stavkalari belgilanadi.(hozirda  yiliga 9%) 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1