1

Vaqtincha propiskaning muddati qancha?

Savol-javob 17.12.2015, 15:45
 Vaqtincha propiskaning muddati qancha?

"Ayting-chi, doimiy yashash joyidan propiskadan chiqmagan holda poytaxtda qancha vaqtga ro`yxatda turish mumkin? Bu muddat ishga kirish uchun asos bo`ladimi?"

X.Suvonov,

Toshkent shahri

Sergeli tumani

U. NARZULLAEV, Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklarni oldini olish bosh boshqarmasi boshlig`i:

— O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo`lgan shaxslar — O`zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro`yxati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 41-sonli Qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2012 yil 20 maydagi 74-son buyrug`i bilan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo`yicha hisobga olish tartibi belgilab berilgan.

Mazkur Qarorning Sh-bo`limida “Fuqarolarni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turgan joyi bo`yicha hisobga olish tartibi talablari”ning 12-bandida fuqaroni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turgan joyi bo`yicha hisobga olish fuqaroni doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan besh kundan olti oygacha muddatga (o`qish uchun ta`lim muassasasiga kelgan shaxslar uchun — o`qish davriga) amalga oshiriladi hamda bu Toshkent shahrida turar-joy sotib olish, shuningdek doimiy ishga va ijtimoiy kafolatlarga ega bo`lish uchun asos hisoblanmaydi, deb belgilab qo`yilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1