2020 yil 23 sentyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 53 447 (+172) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 124 nafari Toshkent viloyatida, 48 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 337 nafar, Toshkent viloyatida 124 nafar, Namangan viloyatida 98 nafar, Andijon viloyatida 17 nafar, Samarqand viloyatida 14 nafar, Qashqadaryo viloyatida 12 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 4 nafar hamda Navoiy viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi. Shunday qilib, yurtimizda 49 832 (+608) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan. Hozirda mamlakatimizda 3 171 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. | |
23.09.2020 23:36
Bugun yurtimizda 608 nafar bemor koronavirusdan sog`aydi
