Chexiyaga borishni rejalashtirayotgan O`zbekiston fuqarolari diqqatiga O`zbekistonning Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasi bergan ma`lumotga ko`ra, Chexiya Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining himoya choralari to`g`risidagi qarori bilan 2020 yilning 21 sentyabrdan chet el fuqarolarining ushbu mamlakatga kirish tartibi o`zgartirildi. SOVID-19 xavfi past darajada bo`lgan davlatlar ro`yxatiga kiritilmagan uchinchi davlatlarning barcha fuqarolariga hamda mazkur davlatlarda vaqtincha yoki doimiy yashovchi uchinchi davlatlarning barcha fuqarolariga Chexiya Respublikasiga kirish ta`qiqlanadi. SOVID-19 xavfi past darajada bo`lgan davlatlar ro`yxatiga kiritilmagan uchinchi davlatlarning birida so`nggi 14 kun ichida 12 soatdan ko`proq bo`lgan barcha shaxslarga Chexiya Respublikasining butun hududi bo`ylab 10 kun davomida yoki tegishli karantin choralari bekor qilingunga qadar erkin harakatlanish ta`qiqlanadi. 2 oktyabr holatiga ko`ra O`zbekiston SOVID-19 xavfi past darajada bo`lgan davlatlar ro`yxatiga kiritilmagan. Amaldagi tartibning to`liq matni bilan Chexiya Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi (www.mzcr.cz) va Chexiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (www.mvcr.cz) saytlari orqali tanishish mumkin. Shu munosabat bilan, O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi Chexiyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan hamyurtlarimizga Chexiya tomonining ushbu qarorini inobatga olishni tavsiya qiladi. |
02.10.2020 23:00
Chexiyaga borishni rejalashtirayotgan O`zbekiston fuqarolari uchun muhim habar e`lon qilindi
