Poytaxt hayvonot bog`ida katta o`zgarishlar bo`lishi kutilmoqda. Bu haqda «Gazeta.uz»ga Toshkent hayvonot bog`i rahbari Abduhofiz Rustamov ma`lum qilgan. | |
Qayd etilishicha, attraksionlar uzoqroq joyga ko`chirib o`tkaziladi, hayvonlar va tashrif buyuruvchilar uchun esa sharoit yaxshilanadi. «Rekonstruksiya loyihasi deyarli tayyor bo`lgan va hozirda to`lov va investisiyani muhokama qilish bosqichida turibmiz», — degan Abduhofiz Rustamov. Uning aytishicha, rekonstruksiya uchun hayvonot bog`ini butunlay yopish rejalashtirilmagan, hammasi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Hozirda mutaxassislar Toshkentga zebra, karkidon hamda bir juft fil va jirafani olib kelish ustida ishlamoqda.
Shuningdek, ayrim darslar hayvonot bog`ida o`tilishi uchun Xalq ta`limi vazirligi bilan muzokaralar olib borilayotganini bildirgan. Buning uchun maktablar transport va gid bilan ta`minlanadi, o`quvchilar esa hayvonlarni darsliklardan emas, balki jonli ravishda ko`rib o`rganadi.
|
06.10.2020 22:34