Braziliyada koronavirusni yuqtirib olganlar soni 5 million kishidan oshdi, deya ma`lum qildi mamlakat sog`liqni saqlash vazirligi. Vazirlikning hisob-kitoblariga ko`ra, mamlakatda COVID-19ga chalinganlar soni 5 000 694 kishiga etgan, 148 228 nafar bemor hayotdan ko`z yumgan. 4,3 million kishi yangi virusdan forig` bo`lgan. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e`lon qildi. «Worldometer»ning ma`lum qilishicha, 2020 yil 8 oktyabr Toshkent vaqti bilan soat 17:00 holatiga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga chalinganlar soni 36 449 490 kishiga etdi. 1 061 519 nafar bemor kasallik qurboniga aylandi. 27 445 006 kishi COVID-19 dan xalos bo`lgan. |
20.07.2022, 10:34
Kecha, 19 iyul kuni O`zbekistonda yana 70 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlandi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati. Shu bilan, 2022 yil 19 iyul holatiga ko`ra,...24.06.2022, 22:27
Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qarshi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida Toshkent shahar hokimi qarori imzolandi. Unga ko`ra, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, bemorlarga malakali tibbiy yordam...23.06.2022, 11:11
2022 yil 22 iyun holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 239993 (+98) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi. Yangi kasallanish...06.06.2022, 11:41
O`zbekistonning AQSh va Braziliyadagi (o`rindoshlik asosida) Favqulodda va Muxtor Elchisi Javlon Vahobov Braziliya vise-prezidenti Gamilton Muraoga ishonch yorliqlarini topshirdi.Ushbu tadbir munosabati bilan Braziliya prezidenti saroyida...