AsosiyJamiyat

Janubiy Koreyaga jo`nab ketgan 14 nafar fuqaro kutib olindi

'Janubiy Koreyaga jo`nab ketgan 14 nafar fuqaro kutib olindi'ning rasmi

  Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida 9 oktyabr kuni kuzatib qo`yilgan 14 nafar fuqaro “Toshkent-Istanbul-Seul” tranzit aviareysi orqali uchib keldi hamda Inchon aeroportida Vakolatxona xodimlari tomonidan kutib olindi.

 So`ngra yangi o`rnatilgan tartibga muvofiq, barcha yo`lovchilar maxsus xodimlar kuzatuvida mehmonxonaga joylashtirildi. Koronavirusni aniqlash uchun topshirilgan test javobi natijalaridan kelib chiqqan holda fuqarolar karantin muddatlarini o`tash uchun manzillariga kuzatib qo`yiladi.  Mazkur 14 nafar fuqaro 13 iyulda Janubiy Koreyadagi ish joyiga jo`nab ketishi rejalashtirilgan bo`lib, biroq O`zbekiston Respublikasi hududidagi epidemiologik vaziyatni keskinlashganligi sababli qoldirilgan edi. Ma`lumotlarga ko`ra, Koreya Respublikasida ishlash vaqtida mehnat ta`tili olib O`zbekistonga kelgan ba`zi fuqarolar Turkiya va boshqa davlatlar orqali Koreya Respublikasidagi ish joyiga borishga harakat qilgan va ular ushbu davlat aeroportidan O`zbekistonga qaytarilgan. Fuqarolardan ushbu holatga o`xshash tavakkalchiliklarni qilmasliklarini maslahat beramiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar