Navoiyda tezlikni oshirgan “Nexia” haydovchisi belgilanmagan joydan yo`lni kesib o`tayotgan piyodani urib yubordi, deya xabar bermoqda YHXBB. Qayd etilishi, 2020 yilning 6 oktyabr kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumani “Bo`ston” MFY hududida tuman markaziy kasalxonasi qarshisidagi chorrahadan yo`lning belgilanmagan qismidan yugurib o`tayotgan 49 yoshli shifokorni Nexia haydovchisi urib yuborgan. Zarb oqibatida svetofor ustuniga urilgan piyoda bosh jarohati va oyoq sinishi bilan kasalxonaga yuborilgan. Jabrlanuvchi shifoxonada birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilishiga qaramay vafot etgan. |
11.10.2020 16:55
Navoiyda «Nexia» haydovchisi 49 yoshli shifokorning hayotiga zomin bo`ldi
