AsosiyJINOYAT

Xorazmda elektrdan noqonuniy foydalanganlar 1,1 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Xorazmning Bog‘ot va Xazorasp tumanlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq uchta holat aniqlandi.

'Xorazmda elektrdan noqonuniy foydalanganlar 1,1 mlrd so‘m zarar yetkazdi'ning rasmi

Xorazm viloyatining Bog'ot va Xazorasp tumanlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog'liq holatlar aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Bog'ot tumanida yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli korxonada elektr hisoblagichining ulanish sxemasi o'zboshimchalik bilan o'zgartirilgan. Oqibatda 715,6 million so'mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Shuningdek, tumandagi "O.G." fermer xo'jaligiga qarashli suv nasoslarida ham qoidabuzarlik aniqlanib, 213,5 million so'mlik zarar yetkazilgan.

Xazorasp tumanidagi "R.S." fermer xo'jaligiga tegishli suv nasoslarida aniqlangan qoidabuzarlik esa 171 million so'mlik zararga sabab bo'lgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, aniqlangan holatlar natijasida elektr ta'minoti korxonalariga jami qariyb 1,1 milliard so'm zarar yetkazilgan.

    Boshqa yangiliklar