AsosiyJINOYAT

Polshaga ishga yubormoqchi bo‘lgan MChJ rahbari 10,4 ming dollar talab qilib qo‘lga tushdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

'Polshaga ishga yubormoqchi bo‘lgan MChJ rahbari 10,4 ming dollar talab qilib qo‘lga tushdi'ning rasmi

Namanganda fuqarolarni Polshaga mavsumiy ishga jo‘natishni va’da qilib, ulardan 10,4 ming dollar talab qilgan MChJ rahbari ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Namangan shahrida faoliyat yurituvchi MChJ rahbari To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro va uning uch nafar tanishini Polshaga mavsumiy ishga noqonuniy yuborish evaziga 10,4 ming dollar talab qilgani aniqlangan.

MChJ rahbari oldindan 4,4 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar