Dori vositalarini yashirincha olib kirishga bo`lgan urinish fosh bo`ldi. Bu haqda Davlat Bojxona qo`mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
|
Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda. Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona postiga qo`shni davlatdan kirib kelgan fuqaro T.I. boshqaruvidagi “Renault” rusumli avtotransport vositasi bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Natijada, avtomashina kabina qismida bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda aytilmagan umumiy qiymati 10,3 million so`mlik 29 dona parranda qushlar uchun mo`ljallangan dori vositalari borligi ma`lum bo`ldi. Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. |
12.10.2020 20:38
Dori vositalarini yashirincha olib kirishga bo`lgan urinish fosh bo`ldi
