2020 yil 20 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 63 912 (+81) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 10 nafari Toshkent shahrida, 71 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bugun ayni paytga qadar: Qoraqalpog`iston Respublikasida 5 nafar; Andijon viloyatida 12 nafar; Jizzax viloyatida 13 nafar; Qashqadaryo viloyatida 21 nafar; Navoiy viloyatida 3 nafar; Namangan viloyatida 16 nafar; Samarqand viloyatida 13 nafar; Sirdaryoda viloyatida 14 nafar; Surxondaryo viloyatida 10 nafar; Farg`ona viloyatida 7 nafar; Xorazm viloyatida 4 nafar; Toshkent viloyatida 58 nafar; Toshkent shahrida 175 nafar bemor tuzaldi. Ayni paytda yurtimizda 61 068 nafar (+351) koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar ( (95 foiz) sog`aygan. Hozirda mamlakatimizda 2 310 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. | |
20.10.2020 23:57
20-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar soni 64 ming nafarga yaqinlashmoqda
