Rossiyada mehnat migrantlari patentsiz ishlashi mumkin. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi. Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan mehnat migrantlariga mamlakatda patentsiz ishlash huquqini berishni ko`zda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilgan bo`lib, u hozirgi vaqtda korrupsiyaga qarshi mustaqil ekspertizadan o`tkazilmoqda. Agar mazkur hujjat qabul qilinsa, chet el fuqarolaridan Rossiyadagi yirik xalqaro korxonalarda ishlash uchun ruxsatnoma yoki patent olish shart bo`lmaydi. Yirik xalqaro korxonalar ro`yxati Hukumat bilan kelishilgan holda shakllantiriladi. Shu bilan birga, ushbu toifaga kiradigan fuqarolarga mamlakatga kirish uchun taklifnomalar kvotalardan tashqarida rasmiylashtiriladi. |
27.10.2020 21:20
Rossiyada mehnat migrantlari patentsiz ishlashi mumkin
