AsosiyDunyo

Ozarbayjonning Barda shahri Armaniston tomonidan o`qqa tutilishi natijasida halok bo`lganlar 20 kishiga etdi

'Ozarbayjonning Barda shahri Armaniston tomonidan o`qqa tutilishi natijasida halok bo`lganlar 20 kishiga etdi'ning rasmi

Ozarbayjonning Barda shahri Armaniston tomonidan o`qqa tutilishi natijasida halok bo`lganlar soni 20 kishiga etdi. Bu haqda Ozarbayjon prezidentining yordamchisi Hikmat Gadjiev ma`lum qildi, deb yozmoqda «Interfaks».

Hikmat Gadjiev huquqni himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlarni shaharga tashrif buyurishga va vayronalarni ko`rishga taklif qilgan. «Ular hech narsada aybdor bo`lmagan kishilar edi. Armaniston Qurolli kuchlari «Smerch» kassetali raketalardan foydalandi. Biz Human Rights Watch va Amnesty International’ni jinoyat joyini borib ko`rishga taklif qilamiz», — deya ma`lum qilgan Gadjiev.

Ozarbayjon Bosh prokuraturasining ma`lumotlariga ko`ra, Barda shahriga uyushtirilgan hujum natijasida halok bo`lganlar soni 19 kishini tashkil qiladi, 60 nafardan ortiq odam jarohat olgan.

Dastlab Bosh prokuratura konvensiya bilan taqiqlangan kassetali o`q-dorilar yordamida amalga oshirilgan hujum oqibatida kamida uch kishi halok bo`lgani haqida xabar bergan. Nazorat idorasining ma`lumotlariga ko`ra, zarba savdo ob`ektlari joylashgan va odamlar ko`p to`planadigan joyga berilgan.

O`z navbatida, Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon tomonining Barda shahriga Armaniston tomonidan zarba berilgani haqidagi bayonotini tasdiqlamagan.

«Ozarbayjon Mudofaa vazirligining Armaniston Qurolli kuchlari «Smerch» raketa tizimidan Barda shahriga zarba bergani haqidagi bayonoti asossiz va yolg`on», — deya yozgan Armaniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyan o`zining Facebook’dagi sahifasida.

 
  

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar