Qo`qon shahri. 2020 yilning 12 oktyabr kuni fuqaro R.Sh. tanishi G`.A.ning ishonchiga kirib, narxi 1.000.000 so`mlik “Samsung A30” rusumli uyali telefon apparatidan foydalanib so`ng qaytarib berishini aytib, jabrlanuvchi chalg`iganidan foydalanib, bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan telefon apparatini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahar IIO FMB IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang. Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish qilish bilan jazolanishi mumkin.