Kasallik davrida COVID-19 ni yuqtirib olgan odamning burun shilliq qavati shishib ketadi, shuning uchun hid sezish qobiliyati yo`qolib qoladi. Kasallanganlarning deyarli 90% da hid sezish qobiliyati bir oy ichida tiklanadi. Hid bilish qobiliyatini tiklash uchun tomirlarni qisqartiruvchi preparatlar, tomchi vositalaridan foydalanish, burun bo`shlig`ini muntazam ravishda chayib turish va xona namligini ta`minlab turish kerak. Olimlarning ta`kidlashicha, hid sezish qobiliyatining buzilishi faqat koronavirus bilan bog`liq emas. Ba`zan buning sababi nafas olish tizimining kasalliklari yoki tanadagi yoshga doir o`zgarishlar ham bo`lishi mumkin.
05.11.2020 21:23
COVID-19 bilan og‘riganda hid bilish qobiliyati qancha vaqtda tiklanadi?
