1

Bosh prokuraturada o`tayotgan yig`ilishda yurtimizdagi qaysi bozorlarda tanish-bilishchilik, turli suiiste`molchilik va talon-torojliklar kuzatilayotgani tilga olindi

Jamiyat 07.11.2020, 11:34
Bosh prokuraturada o`tayotgan yig`ilishda yurtimizdagi qaysi bozorlarda tanish-bilishchilik, turli suiiste`molchilik va talon-torojliklar kuzatilayotgani tilga olindi

Bosh prokuraturada Bosh prokuror N.Yo`ldoshev raisligida o`tayotgan yig`ilishda Qishloq xo`jaligi sohasidagi vazirlik va idoralarda hanuzgacha turli qonun buzilishlar, suiiste`molchiliklarga barham berilmayotgani tanqid ostiga olindi.

O`tgan 2 yilda qishloq xo`jaligi sohasiga daxldor vazirlik va idoralarning 391 nafar xodimlari turli ko`rinishdagi jinoyatlari uchun   javobgarlikka tortilgan.

Misol uchun, Yangiyo`l tumani qishloq xo`jaligi bo`limi boshlig`i Yu. “Valiev Invest baraka” fermer xo`jaligi rahbari V. bilan til biriktirib, fermer xo`jaligining 30 sotix er maydonini soxta kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish orqali 38.400 dollarga sotib yuborgan.

Qishloq xo`jaligi sohasining rivoji, avvalo, er maydonlaridan oqilona va samarali foydalanish bilan chambarchas bog`liq.

Ayrim rahbarlar tomonidan erlardan xo`jasizlarcha va noqonuniy foydalanish holatlariga yo`l qo`yilayotganligi ta`kidlandi.

Xususan, er maydonlarini xatlovdan o`tkazish jarayonida respublika bo`yicha 967 ta holatda 34.822 gektar er maydoni qonunga zid ajratib berilgan.

Er ajratish va undan foydalanishda korrupsiya, tanish-bilishchilik, oshna-og`aynigarchilik holatlari mavjudligi qayd etildi.

Buxoro viloyatida qisqa muddatda o`tkazilgan o`rganishlarda 21.493 gektar erni noqonuniy muomalaga qaratish bilan bog`liq qonunga zid qarorlar qabul qilingan.

Misol uchun, Jondor tuman hokimi 2020 yil 16 maydagi qarori bilan o`rinbosarining yaqin qarindoshiga 100 gektar er maydonini chorvachilik yo`nalishida, garchi etarli chorvasi bo`lmasada, noqonuniy ajratib bergan.

Er ajratish jarayonlarida korrupsiyaviy jinoyatlari uchun so`nggi ikki yilda hokimliklarning 22 nafar mas`ul xodimlari javobgarlikka tortilgan.

Xususan, Arnasoy tuman hokimining o`rinbosari S. “Oqqush halol parranda” jamiyati rahbari J.ga 10 gektar er ajratib berish evaziga 13 ming dollar talab qilib, 2 ming dollar olganida qo`lga tushgan.

Shu kabi, er ajratib berish evaziga Yunusobod tuman hokimi o`rinbosari Z. 5 ming, Buvayda tuman hokimi o`rinbosari D. 20 ming, Mirzo Ulug`bek tuman hokimligi uy-joy shirkatlari uyushmasi raisi A. 35 ming dollar olganligi uchun qonun oldida javob berdi.

Ayrim xodimlar tadbirkorlarga yordam berish o`rniga, ulardan tamagirlik qilib, pul undirayotganligi tashvish bilan ta`kidlandi.

Masalan, Surxondaryo viloyat hokimligi bo`limi boshlig`i I. Sho`rchi tuman hokimligi bosh mutaxassisi T. orqali tadbirkor B.dan 1 mlrd. so`m imtiyozli kredit olishida yordam berganligi uchun 2 ming dollarni talab qilib olgan. 

Bo`sh binolarni tadbirkorlikka jalb qilish borasida ham turli qonun buzilishlarga yo`l qo`yilmoqda.

Misol uchun, Andijon viloyat hokimligi mutaxassisi Q. muqaddam sudlangan A. va M. bilan til biriktirib, soxta hujjatlar bilan  Shahrixon tuman Silga qarshi kurashish dispanseri binosini “nol” xarid qiymatida qo`lga kiritgan. 

Keyinchalik binoda hech qanday tadbirkorlikni yo`lga qo`ymasdan, binoni buzib, qurilish materiallarini 760 mln. so`mga sotib yuborgan.

Joylarda bozorlar faoliyatini to`g`ri va samarali tashkil qilish hokimliklar zimmasidagi asosiy vazifalardan biridir.

Ayni paytda, bozorlarda tanish-bilishchilikturli suiiste`molchilik va talon-torojliklar kuzatilmoqda

Birginapoytaxtdagi “Yangiobod ixtisoslashgan bozori” direktori I. qator korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etishda ayblanib, tergov o`tkazilmoqda.

U muqaddam savdo va bozor sohalarida ishlab, bir necha marotaba sudlangan, so`nggi bor “Sergeli dehqon bozori” direktori lavozimida ishlaganda sodir etgan suiiste`molchiliklari va talon - torojliklar uchun 2016 yilda sud hukmi bilan jazolangan. 

I. 2019 yil fevral oyida yana “Sergeli dehqon bozori” direktori lavozimiga tayinlanib, o`sha yilning aprel oyidan esa “Yangiobod ixtisoslashgan bozori” direktorligiga o`tgan.

Bu bozorda ham “eski hunarini” davom ettirgan I. bozorga shaxsiy mulki sifatida qarab, tushumlarni va bozor mulkini talon - toroj qilish bilan shug`ullanib kelgan.

G`araz maqsadlarini amalga oshirish uchun atrofiga o`ziga hayrihoh shaxslarni to`plab, qisqa muddatda 2,7 mlrd. so`mlik tushum pullarini o`marganligi, 919 mln. so`m soliqdan bo`yin tovlaganligi, bozorda 124 ta noqonuniy qurilmalar qurdirganligi aniqlangan.

Talon-toroj qilgan pullardan qariyb 740 mln. so`mini legallashtirgan, jumladan, 340 mln. so`mga 5 xonali kvartira, 200 mln. so`mga “Trailblezer” avtomashinasini sotib olgan. 

Bunday talon-torojlik oqibatida bozor o`ta ayanchli holatga kelib qolgan.

Shu bilan birga, “Sergeli dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Aviasozlar dehqon bozori”ga o`ziga yaqin shaxslarni lavozimga o`tkazishga erishib, ushbu bozorlarga ham o`zi norasmiy rahbarlik qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1