1

Bugun O`zbekistonning beshta viloyatida yomg`ir yog`adi

Jamiyat 04.05.2024, 08:50
Bugun O`zbekistonning beshta viloyatida yomg`ir yog`adi

O`zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 4 may kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechqurun va ertalab yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 15-17, kunduzi 23-25 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, kechqurun ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin.  Kechasi 14-19, kunduzi 24-29 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19, kunduzi 25-30 daraja iliq bo`ladi.  

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.  

Samarqand viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda  yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19, kunduzi 24-29 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 14-19, kunduzi 24-29 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`oldi va tog`li hududlaridahavo o`zgarib turadi, ayrim joydarda yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi, baland tog`li joylarda yomg`ir qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining 2000 metrdan baland tog`li tumanlarida qor ko`chishi xavfi bor. Sel kelishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 9-14 daraja iliq bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1