1

Germaniyada robot-asalarilar yaratildi

Dunyo 04.05.2024, 20:05
Germaniyada robot-asalarilar yaratildi

Nemis ishlab chiqaruvchilari engil vaznli asalari-robotlarni yaratishdi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.

Robot-asalarilar hajmi jihatidan haqiqiy hasharotlarga qaraganda ancha katta. Ularning uzunligi 22 santimetr, qanotlari esa 24 santimetrga etadi. Biroq robotlarning vazni atigi 34 gramm. Ushbu engillikka erishish uchun muhandislar generativ dizayn usulidan foydalanganlar.

Robot-asalarilar oldinga uchishi, egilishi, qanotlarining burchagini o`zgartirishi, shuningdek, havoda burilishlar va murakkab manevrlarni bajarishi mumkin. Shuningdek, ular osmonda o`z o`rnini aniqlashga va birgalikda xavfsiz parvoz qilish uchun traektoriyalarni bir-biri bilan sinxronlashtirishga qodir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1