1

Toshkentdagi bog`chada tarbiyachi bolalarga kuch ishlatib, ularni qo`rqitdi

Jinoyat 04.05.2024, 22:28
Toshkentdagi bog`chada tarbiyachi bolalarga kuch ishlatib, ularni qo`rqitdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bog`cha tarbiyachisi bolalarga qo`pol muomalada bo`lib, ularni qo`rqitib, kuch ishlatayotgani haqida video tarqaldi. Toshkent shahar MMTB matbuot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma`lum qilinishicha, holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi Ishchi guruhi o`rganish olib bordi. Unga ko`ra, yuqoridagi voqea 2024 yilning mart oyida Yunusobod tumanidagi 414-sonli davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida kuzatilgan.

«Yakunda davlat maktabgacha ta`lim tashkiloti ma`muriyati tarbiyachi I.S. bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilganligi va xodim ishdan bo`shatilganligini ma`lum qilamiz», deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1