Byuroning Chilonzor tuman bo`limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudining 11.07.2019 yil kunidagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor Toshkent shahar Moliya Bosh boshqarmasidan undiruvchi fuqaro I.Sotiboldievning foydasiga 80.000.000 so`m ma`naviy zarar undirish to`g`risidagi ijro hujjati bo`lim ish yurituviga 27.12.2019 yilda kelib tushgan. Olib borilgan majburiy ijro harkatlari natijasida qarzdor tashkilotdan ushbu zarar summasi joriy yilning 29 oktyabr kuni davlat ijrochisi S.Maxamatov tomonidan to`liq undirilib, undiruvchining hisob raqamiga o`tkazib berildi. | |
10.11.2020 11:24
Toshkentda fuqaroga 80 mln. ma`naviy zarar undirib berildi
