Moskva meri Sergey Sobyanin COVID-19 bilan bog`liq vaziyat tufayli qo`shimcha cheklovlar joriy etilishini e`lon qilindi, deya yozmoqda "Sputnik". - 23:00 dan 6:00 gacha umumiy ovqatlanish (restoran, kafe, bar) mehmonlarga xizmat ko`rsatmaydi. Bu mahsulotni olib ketish va etkazib berishga taalluqli emas. - universitet va kollej talabalari masofadan turib o`qishga o`tkazilmoqda. Talabalarning transport kartalari vaqtincha bloklanadi, ularga "uy rejimi"ga rioya qilish tavsiya qilindi. - teatrlar, kinoteatrlar va konsert zallaridagi maksimal sig`imi 25 foizgacha qisqartirildi. - sport tadbirlariga tomoshabinlar qabul qilinishi davom etadi, ammo endi tashkilotchilar harakatlarni Moskva sport boshqarmasi va Moskva Rospotrebnadzor ma`muriyati bilan kelishilishi kerak. - madaniy, ko`ngilochar va ma`rifiy tadbirlarni o`tkazish vaqtincha to`xtatiladi. Bu ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy tadbirlariga taalluqli emas. - binolarda joylashgan bolalar kunduzgi oromgohlari va bolalar ko`ngilochar markazlarining ishi to`xtatiladi. Bolalar uchun mashg`ulotlar ochiq havoda o`tkazilishi mumkin. Cheklovlar ikki oy 13 noyabrdan 2021 yil 15 yanvargacha joriy etiladi.
| |
10.11.2020 18:36