Joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko`ra, qiymati 84,6 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 86,5 ming tonna uzum mahsuloti xorijga eksport qilindi. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 8,9 ming tonnaga ko`p.
Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, o`tgan 9 oy mobaynida O`zbekiston uzumni eng ko`p eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 39,1 ming tonna
Qozog`iston – 34,3 ming tonna
Qirg`iz R. – 12,3 ming tonna
Belorus – 317,1 tonna
Ma`lumot o`rnida, 2020 yilning 9 oyida eng ko`p uzum eksport qilgan hududlar:
Toshkent viloyati – 24,3 ming tonna
Farg`ona viloyati – 22,2 ming tonna
Namangan viloyati – 9,5 ming tonna
Xorazm viloyati – 6,6 ming tonna.