AsosiyShou-biznes

Xusanning avtohalokatga uchragani rostmi?

So`nggi paytlarda xonanda ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Xusanning avtohalokatga uchrab, vafot etgani haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida, “Popcorn.uz” nashri Xusan bilan bog`landi.

«Oxirgi to`rt kun ichida qo`l telefonim tinmayapti. Qo`ng`iroq qilib so`rayotganlarning savoli bitta: ‘Tirikmisan? Seni avtohalokatga uchrab, olamdan o`tdi, deb eshitdik’. Bu savollardan shok holatiga tushib qoldim. Hech qanday avtohalokatga uchraganim yo`q, soppa-sog`man. Bunday sovuq xabarni kim va nima sababdan tarqatgani esa menga qorong`i. Ularga insof tilashdan boshqasi qo`limdan kelmaydi», — dedi xonanda.

    Boshqa yangiliklar