O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Malika Qayumova 70 yoshda olamdan o`tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Malika Qayumova teatr san`atida o`ziga xos o`chmas iz qoldirgan noyob iste`dod egasi, o`z kasbiga sadoqatli va fidoyi san`atkor sifatida qalblarimizda mangu yashaydi.
O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi marhumning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.