Taniqli operator, rejissor, klipmeyker Jasur Shametov 39 yoshida vafot etdi. Yuu haqda “darakchi.uz” ga Madaniyat va kino jurnalisti Shohira Xamro xabar qildi.
Ma`lumot uchun: U shu kunga qadar «Qalbim o`g`risi», «Achchiq hayot», «Qalbaki dunyo», «Uchrashuv», «Gunoh»,"«Zarb», «Oh, Salima, Salima», «Mahallada nima gap?» kabi badiiy filmlarida postanovkachi operator sifatida ishlagan.
Shuningdek, «Uchrashuv» badiiy filmining ssenariy muallifi va postanovkachi rejissori hisoblanadi.
Aktyor sifatida esa «Suiqasd», «Poyma-poy» filmlarida rollar ijro etgan.
Klipmeyker sifatida Rayhon, Lola, Shohruhxon, Munisa Rizaeva, «Afruz» guruhi va boshqa xonandalarning o`nlab kliplarini tasvirga olgan.