Zomin tumani hududidan o`tuvchi Zarbdor – Achchi – Qoramozor 4 K-241 yo`lining 9- kilometrida yo`l-ulov hodisasi yuz berdi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi. Viloyatning Zarbdor tumani Oybek mahallasida yashovchi, 1993 yilda tug`ilgan T.B. boshqaruvidagi “Nexia” qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanayotgan, shu tumanning Andijon qishloq fuqarolar yig`inida yashovchi, 2002 yilda tug`ilgan S.P. boshqaruvidagi “Nexia” bilan to`qnashgan. Natijada S.P.ga tegishli avtoulov salonida bo`lgan yo`lovchi, Andijon qishloq fuqarolar yig`inida yashagan, 1968 yilda tug`ilgan B.T. tan jarohati olib, ko`rsatilgan muolajalarga qaramasdan tibbiyot muassasasida vafot etdi. Ikkinchi “Nexia” haydovchisi T.B bo`lsa ko`plab kesilgan jarohatlar va umurtqa pog`onasi suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. |
20.11.2020 00:42