Davlat xaridlari ochiq portalini taftishdan o`tkazgan davletov.uz Toshkent shahar hokimligi 2020 yilning 24 yanvar kuni davlat tadbiriga tashrif buyurgan mehmonlarni ovqatlantirish uchun qariyb 1,5 mlrd so`mlik katering xizmatiga buyurtma berganini guvohi bo`ldi.

Buyurtmani AKFA Dream World kompaniyasi bajargan.

Kompaniyaning rasmiy ta`sischilari Wide Tent System (26,79%), Asia Electron (15,06%), Perfect Plast Profil (14,64%), Abdullaev Baxodir Ravshanovich (43,50%) hisoblanadi.







