AsosiySalomatlik

Covid-19ni engishga yordam beruvchi vitaminlar nomi ma`lum qilindi

'Covid-19ni engishga yordam beruvchi vitaminlar nomi ma`lum qilindi'ning rasmi

Mazkur vitamin va mikroelementlar koronavirusni engishda o`rni bor ekani tasdiqlangan. Ya`ni vitamin D3, sink etishmovchiligi kuzatilganlarda kasallik zudlik bilan rivojlanishi va og`ir darajada o`tishini keltirib chiqaradi. Unga ko`ra,

 Sink — virus inson organizmidagi hujayralarga birikib, RNK kodi va inson organizmidagi hujayra ichiga kirishini to`xtatadi. Bu esa virus ko`payishining oldini oladi. 

Vitamin D3 — insonda immun hujayralar ishlab chiqilishini me`yorlashtiradi, ya`ni balansda ushlashiga hissa qo`shadi.

 Vitamin S — askorbin kislotasi kuchli antioksidant sifatida organizmga tushgan viruslarni engib chiqishda immun tizimni mustahkamlashga yordam beradi. 

 Yuqorida keltirilgan uch vosita koronavirusni davolash protokoliga kiritilgan. Ularni qabul qilish har bir inson uchun individual belgilanadi. Ya`ni birlamchi kasallik alomatlari paydo bo`lganda, protokol asosida 10 kun muddatga tavsiya etiladi. 

Protokolda belgilangan muddat oralig`ida ichib tugatilsa, inson organizmi va kasallikning kechish darajasiga qarab, shifokor individual ravishda davom ettirish bo`yicha ko`rsatmalar beradi. 

Shu o`rinda ma`lumot: "Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasining ijtimoiy dorixonalarida Sink- 86.000 so`m, dori qutisida tabletka- 250 dona.

Vitamin D3-11600 so`m, dori qutisida vitamin- 30 dona.

Vitamin S-  5 525 so`m, dorixona sharoitida tayyorlangan, qutida -10 ta.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar