AsosiyDunyo

Turkiyada rossiyalik biznesmenning superyaxtasi yonib ketdi

Rossiyalik biznesmenga tegishli ekanligi aytilayotgan superyaxta Turkiyaning Fetxie kurorti portida yonib ketdi,deb xabar beradi “Lenta.ru”.

27 metrli Queen Anna yaxtasida yong`in 21 yanvar, payshanba tushga yaqin sodir bo`ldi. Guvohlar ko`z o`ngida alanga kemani to`liq qamrab oldi va uni yonidagi yaxtalarga o`t ketmasligi uchun xavfsiz joyga olib o`tildi. Shunday bo`lsa-da, hodisa joyida bo`lgan ikki yaxtaga biroz shikast etdi.

Yong`in oqibatida yaxta kapitani Vladimir Lopata jabrlandi va kasalxonaga yotqizildi. Kemaning alangalanish sabablari o`rganilmoqda.

Boat International ma`lumotlariga ko`ra, Queen Anna bahosi 4 million funt sterling (5,7 million dollar) bo`lib, 2009 yilda qurilgan va sakkiz yo`lovchiga mo`ljallangan.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar