O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori Abdug`ani Sanginov tashabbusi bilan Denov tumani “Chim” mahallasidagi yaroqsiz holatga kelib, 20 yildan buyon umuman suv chiqmay qolgan 1 ta mavjud suv artezan qudug`i maxsus texnikalar bilan tozalanib ta`mirlandi. Mazkur xayrli ish faqarolarning sayyor qabullar doirasida senatorga qilgan murojaati asosida amalga oshirildi.
Shuningdek, ushbu suv qudug`iga 1 dona yangi zamonaviy ESV nasos komplekt(shit kaskad, truba, kabel)lari va boshqa yangi zamonaviy uskunalar o`rnatilib aholiga toza ichimlik suvi chiqarib berildi. Buning natijasida 842 ta xo`jalikda 4280 nafar aholining toza ichimlik suvi muammosi bartaraf etildi.
Bundan tashqari, Yangiobod MFYda yangi suv minorasi, yangi nasos komplekti o`rnatildi va aholiga toza ichimlik suvi chiqarildi. Natijada 1100 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 3900 nafar fuqaro toza ichimlik suvi bilan ta`minlandi.