AQShning Vashington shahridagi milliy hayvonot bog`i xodimlari o`zlarining Twitter`dagi sahifasida Tyan Tyan pandasining qorda cho`milayotgani aks etgan videorolikni joylashtirdi.
Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda. Videoda og`irligi 120 kilogramm keladigan mavjudot qorni ko`rib, quvonib ketganini ko`rish mumkin.
Hayvonot bog`i xodimi, shuningdek yana bir panda haqida ham so`zlab bergan. Bey Bey laqabli ushbu panda avgustda tug`ilgani uchun qordan biroz taajjubga tushgan. “U qorni ko`rib, nima qilishini bilmay uyasiga qaytib ketdi”, —deydi u.