1

Xalqaro kongress ishtirokchilari Shavkat Mirziyoevga murojaat yo'lladilar

Madaniyat 17.12.2020, 15:48
Xalqaro kongress ishtirokchilari Shavkat Mirziyoevga murojaat yo'lladilar

“O`zbekistonning madaniy merosi — yangi Renessans poydevori” muavzusidagi IV Xalqaro kongress yakuniga ko`ra, O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati olimlari bir ovozdan O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga murojaat yo'lladilar.

Murojaatni qabul qilish tashabbusi, IV Kongress ishida onlayn rejimida ishtirok etgan, Yaponiyalik olimlar tomonidan bildirildi. Kunchiqar mamlakatdagi O`zbekiston elchixonasi binosida yig`ilgan 20 nafar olim murojaatning  loyihasini tayyorladilar va keyinchalik bu loyiha Jamiyat Boshqaruvi va Ilmiy kengashi a`zolari tomonidan qo`llab-quvvatlandi.

Murojaatnomada Butunjahon jamiyati a`zolari, mamlakatning kutubxonalari va ta`lim muassasalariga "O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida" turkumidan 10 ming nusxadagi 35 tomlik kitob-albomlarni topshirish tashabbusini amalga oshirishda ko`mak berganligi uchun Respublika rahbariga minnatdorlik bildirdilar. Yuzlab sharqshunos olimlarning faol xizmatlari tufayli, yaqinda O`zbekistonning umumta`lim maktablari va universitetlaridagi barcha kutubxonalari,  Chexiya, AQSh, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, O`zbekiston, Turkiya va boshqa ko`plab mamlakatlarning to`plamlaridagi O`zbekistonning madaniy merosi haqidagi kitob-albomlarga ega bo`lishadi. Bu ishni amalga oshirishda O`zbekiston hukumati ko`mak beradi.

"O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida" turkumidagi rasmli kitob-albomlarni chop etish hamda ularni mamlakat kutubxonalari va o`quv muassasalariga topshirish taklifi III Xalqaro Kongressda ilgari surilgan va davlat rahbari tomonidan qo`llab-quvvatlangan edi. Ularning dastlabki 15 jildi allaqachon barcha o`quv yurtlariga etkazilgan va hozirda ushbu loyihaning ikkinchi bosqichi davom etmoqda.

Murojaatnomada qayd etilishicha, "O`zbekiston madaniy merosi - Yangi Renessans poydevori" mavzusidagi To`rtinchi Xalqaro Kongressda 2021-2025 yillarga mo`ljallangan Yo`l xaritasi qabul qilingan. Keyingi besh yil ichida O`zbekiston madaniy merosini saqlash, o`rganish va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati 100 dan ortiq yangi loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

“Biz mamlakatdagi va xorijdagi muzeylarda saqlanayotgan O`zbekistonning madaniy merosi haqida hikoya qiluvchi kitoblar va albomlar nashr etishni, hujjatli va badiiy filmlar tayyorlashni, ilmiy forumlar o`tkazishni, o`quv dasturlari yaratishni, mamlakat madaniy merosini tiklash sohasidagi mutaxassislarning ishlarini, qonunchilikni takomillashtirish, turizmni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni tadqiq qilishni davom ettirish niyatidamiz”- deyiladi Murojaatnomada.

Olimlar, shuningdek, Respublika rahbarining mamlakatning madaniy merosini asrab-avaylash borasidagi sa`y-harakatlarini yuqori baholadilar va ular bundan keyin ham O`zbekistonning milliy madaniy merosini rivojlantirish va saqlashga o`z hissalarini qo`shishga tayyor ekanliklarini ta`kidladilar.

“O`zbekistonda Uchinchi Renessans davrini amalga oshirishga qaratilgan, Siz e`lon qilgan milliy g`oya avvalo madaniyatni saqlashga qaratilganligi bilan ham  juda hurmatga sazovor va Siz aynan madaniyat, mamlakatning yangi Uyg`onish davri, jamiyat ma`naviyatining yuksalishi, xalqni, ayniqsa, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning poydevori ekanligini yaxshi anglaysiz” — deyiladi Murojaatnomada.

Shunisi e`tiborga loyiqki, Butunjahon jamiyati a`zolarining Respublika prezidentiga murojaatini qabul qilish yaxshi an`anaga aylanib bormoqda, inchunun murojaat bugun to`rtinchi marta qabul qilindi va shubhasiz doimgidek olimlar Respublika rahbarining ijobiy javobini oladilar. Shunday yo`l bilan, Butunjahon jamiyati hamda O`zbekiston hukumati o`zaro mustahkam aloqalarini o`rnatmoqda va O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha faoliyatlarini birlashtirmoqdalar.

Ma`lumot uchun:

Jamiyatni tashkil etish tashabbusi birinchi marotaba 2017 yil may oyida Toshkent va Samarqandda bo`lib o`tgan "O`zbekistonning madaniy merosi — xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l"  mavzusidagi xalqaro kongressda tilga olingan edi.

O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyatini tuzish to`g`risida qaror, 2018 yilda Sankt-Peterburgda bo`lib o`tgan Ikkinchi Xalqaro Kongress doirasida qabul qilindi. Jamiyat 2019 yil avgust oyida Parijda rasmiy ravishda ro`yxatdan o`tkazildi. Jamiyat, davlat va jamoat tashkilotlari, tadqiqotchilar, ekspertlar, ilm-fan, media sohasi vakillari va boshqa manfaatdor jamoatchilik vakillarining O`zbekiston madaniy merosini jahon madaniy merosining muhim qismi sifatida saqlash, o`rganish va ommalashtirish sohasidagi xalqaro hamkorlik ishlariga ko`mak beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1