AsosiyDunyo

41 yoshli ayol кoronavirusga qarshi emlangandan so`ng to`satdan vafot etdi

'41 yoshli ayol кoronavirusga qarshi emlangandan so`ng to`satdan vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilning 1 yanvar kuni portugaliyalik sog`liqni saqlash xodimi Sonia Acevedo COVID-19 ga qarshi emlangandan 48 soat o`tib to`satdan vafot etdi. Bu haqda Dailymail ga tayanib Lenta.ru xabar berdi.

 

Xabarda aytilishicha, Sonia Acevedo 2020 yilning 30 dekabr kuni Pfizer vaksinasi bilan emlangan. Uning otasi Abilio Acevedoning ayticha, qizida hech qanday alomatlar sezilmagan.

 

"Qizimda emlashdan keyin hech qanday alomatlar yo`q edi. Men nima bo`lganini bilmayman. Menga javoblar kerak. Men qizimning o`limiga nima sabab bo`lganini bilmoqchiman" - deydi  Abilio Acevedo.

 

Portuda joylashgan Portugaliya onkologiya instituti ham emlashdan so`ng hech qanday shikoyat tushmaganini tasdiqladi.

 

Sonia Acevedo bilan bir vaqtda muassasaning 537 xodimi ham emlangan edi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar