2020 yilning yakunlari bo`yicha asosiy vositalarga kiritilgan to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalar hajmi 2019 yilning shu davriga nisbatan 101,5 foizni yoki 6,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Investisiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o`rinbosari Aziz Voitov ma`lum qildi.
Investisiya dasturi doirasida 197 ta loyiha amalga oshirildi va shuning hisobiga 38 ming ish o`rni yaratildi. Bundan tashqari, hududiy investisiya dasturlari doirasida jami 59,1 trln so`mlik 10 586 ta loyiha amalga oshirildi va bu 131,5 ming yangi ish o`rni tashkil etilishiga imkon berdi.
“Tashqi savdo faoliyati ko`rsatkichlarini ko`rib chiqadigan bo`lsak, 2020 yil yakunlariga ko`ra, eksport hajmi 15,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Shuningdek, 47 turdagi yangi mahsulotlarni eksportga etkazib berish yo`lga qo`yildi”,– deydi vazir o`rinbosari.