AsosiyJAMIYAT

Qayroqqum suv ombori buzilib ketgani haqidagi xabar ortidan sirdaryoliklar uylarini tark eta boshladi. Viloyat hokimi yarim tunda etib bordi (foto)

Sal avval xabar qilganimizdek, 2021 yil 14 yanvar kuni yarim tunda ijtimoiy tarmoqlar orqa...

'Qayroqqum suv ombori buzilib ketgani haqidagi xabar ortidan sirdaryoliklar uylarini tark eta boshladi. Viloyat hokimi yarim tunda etib bordi (foto)'ning rasmi

Sal avval xabar qilganimizdek, 2021 yil 14 yanvar kuni yarim tunda ijtimoiy tarmoqlar orqali Tojikiston Respublikasi hududida joylashgan Qayroqqum suv omborining yorilishi natijasida suv toshqini sodir bo`lganligi to`g`risida yolg`on xabarlar tarqaldi.

Bu xabar toshqindan zarar ko`rgan Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin kabi tumanlarda jiddiy vahima uyg`otgan. Ayrimlar o`z yashash hududini tark etishga oshiqqani holatlar ham bo`ldi, deya xabar berdi Sirdaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati. 

Bundan xabar topgan viloyat hokimi tumanlarga etib borgan.  

G`ofurjon Mirzaev bu kabi xabar tarqalishiga xech qanday asoslar mavjud emasligini bildirdi. Aholini yolg`on mish-mishlarga ishonmaslikka va sarosimaga tushmaslikka chaqirdi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston FVV ushbu xabar yolg`on va hech qanday asosga ega emasligini ma`lum qildi. 

Boshqa yangiliklar