Turkiya “Xalqaro Fatih Sultan Anadolu Imam Hatib” liseyining “Yoshlar” gazetasining maxsus soni uchun ta`lim muassasasida tahsil olayotgan vatandoshimiz Ahmadjon Xolmurodov bilan intervyu tashkil etildi. Bu haqda Uzbektourizm axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur intervyu davomida vatandoshimiz O`zbekiston geografiyasi, madaniyati va iqlimi haqida so`zlab berdi.
“O`zbekiston havosi, geografiyasi va madaniyati haqida bir so`z bilan aytish qiyin, undan faqat bahra olib yashash mumkin. Zero, Turkiyaga kelishimdan oldin Vatanim havosidan o`pkamni to`ldirib olgan nafasim hayratini hamon qalbimda saqlayman”, - deydi Ahmadjon Xolmurodov.
Shuningdek, suhbat davomida vatandoshimiz o`zbek milliy taomlari, milliy marosimlari va yurtimizdan etishib chiqib, dunyo tan olgan ulug` mutaffakkirlari haqida ham batafsil so`zlab bergan. Juda qizg`in olib borilgan suhbatda O`zbekistonning sayyohlik salohiyati borasida so`z yuritilgan. Xususan Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent va Farg`ona kabi ko`hna va navqiron shaharlar to`g`risida alohida to`xtalib o`tilgan.