Avval xabar qilganimizdek, Turkiya madaniyat va turizm vazirligi tomonidan o`zbekistonlik jurnalist va blogerlar uchun Istanbul, Antaliya va Kappadokiya shaharlariga navbatdagi sayohat uyushtirildi. Ayni paytda biz ertaknamo va tarixiy Kappadokiyadamiz.
Kappadokiya bilan uchrashganingizda, beixtiyor o`zingizni boshqa sayyoradaman, deb o`ylaysiz, bu yerda manzaralar shu qadar noyob va hech narsaga o`xshamaydi. Qor bilan qoplangan cho`qqilar, past, alohida tog`lar, tosh massivlari va unumdor vodiylari bo`lgan qoyatoshlar mavjud. Eng hayratlanarlisi esa faqatgina Kappadokiyada bir kunda to`rt faslni ko`rish mumkin: ertalab sharros yomg`ir qo`yayotgan bo`ladi, birdan quyosh chiqib, harorat ko`tariladi, sal turib esa tabiat yaratgan obidalar ustini bulut qoplaydi va kun botganda qahraton qish kabi pag`a-pag`a qor yog`a boshlaydi.
Bunday ob-havoda esa siz Kappadokiyadagi qator ajobtovur vodiylarni va g`orlar ichida joylashgan muzeylarni maroq bilan sayr etishingiz mumkin.
Kappadokiya bag`ridagi O`rta Osiyo vodiysi
Kappadokiyada bir-biridan g`aroyib vodiylar bor. Shulardan biri O`rta Osiyo vodiysi. Baland qoyalar o`rtasida joylashgan vodiyda o`tovlar mavjud. Har bir o`tovga tashrif buyurish, O`rta Osiyodagi qaysidir mamlakatga tashrif buyurish bilan barobar. O`zbek o`toviga kirib borar ekansiz, millatimizga xos liboslar, asbob-uskunalar va bezaklar O`zbekiston muhitini yodga soladi. Ushbu vodiyda o`zbek, qozoq, qirg`iz, turkman va tojiklar sayohatchilar va tashrif buyuruvchilarga O`rta Osiyo madaniyati va yashash tarzini ko`rsatishadi. Ma`lum qilinishicha, bundan 30-40 yillar avval o`zbek va qirg`izlardan bir nechta oila bu yerga ko`chib kelgan va hozirda ular tobora ko`payib, deyarli mahalliy aholiga aylanib ulgarishgan. Shuningdek, O`rta osiyoliklar jamiyatning turli sohalarida faoliyat yuritishadi. Eng muhim ma`lumot: O`rta Osiyo vodiysi may oyidan boshlab barcha tashrif buyuruvchilar uchun ochiladi.
Hayolotlar vodiysi: kimni va nimani ko`ryapsiz?
Odamlar Hayolotlar vodiysiga ko`ngil ochish yoki yorqin joylar uchun kelishmaydi. Sayyohlar bu yerga ajoyib ko`rinishlarni yaratadigan noyob landshaft uchun kelishadi. Ya`ni tasavvuringizni biroz ishga solishingiz kifoya: mahalliy toshlarda siz turli xil narsalar va hayvonlarning siluetlarini ajrata olasiz. Bir muddat siz yerni butunlay tark etib, boshqa sayyoraga tushib qolganingizni his qilishingiz mumkin. Balandliklar o`rtasidan o`tgan katta yo`lda turib, to`rt tomoningizdan tarixiy shasxlar, film va ertak qahramonlari, hayvonlardan tortib, son-sanoqsiz obrazlarni yaratib olishingiz mumkin. Va, albatta bu sizning tasavvur dunyoingizning kengligiga bog`liq.
Noyob kulolchilik mahsulotlari ko`z o`ngingizda yaratiladi
"Guray" kulolchilik muzeyi yer ostida joylashgan. U erda qadimiy kulochilik mahsulotilaridan tortib, zamonaviy buyumlarga qadar ajoyib kolleksiyalarni ko`rish mumkin. Muzey zallari yer ostida joylashgan bo`lib, toshloq erga o`yilgan, bu esa juda ajablanarli va g`ayrioddiy. Eng yoqimli manzara esa noyob keramika mahsulotlariniing ko`z o`ngingizda yaratilishi va ularga nodir bezaklar berilishidir. Hatto siz ham bu yerda kulolchilik bo`yicha o`z mahoratingizni sinab ko`rishingiz mumkin, yaratgan mahsulotingizni esa o`zingiz bilan olib ketish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, muzeyda zamonaviy asarlarning, shu jumladan rasmlarning galeriyalari mavjud.
Ochiq osmon ostidagi muzey
Shahar markazidan bir yarim kilometr uzoqlikda ochiq osmon ostidagi "Goreme" muzeyi joylashgan. U Kappadokiyadagi eng katta, eng mashhur va sayyohlar tez-tez tashrif buyuradigan cherkovlar majmuasi.
Bir-biridan baland va bir-biriga o`xshamas yuzlab g`or va xonalardan tashkil topgan muzeyning yuqori qismi bulutlar bilan to`qnashgandek, go`yo. Ma`lumotlarga qaraganda, o`z davrida bu maskan odamlar uchun ibodatxona va cherkov vazifasini o`tagan. Bugungi kunda esa Goreme muzeyi Kappadokiya turizmining bir qismi hisoblanadi.
Ayni paytda biz Kappadokiyadan olgan olam-olam taassurotlarimiz bilan yana bir turizm markazi — Antaliyaga qarab yo`l olamiz.
Mavzuga doir:
U shunchaki shahar emas... Yoxud dunyoni o`ziga rom etgan Istanbulning siri nimada? (fotoreportaj)
Istanbulni kashf etish qaerdan boshlanadi? (fotosayohat)
Dunyoda yagona 8 qavatdan iborat er osti shahri qaerda? U erga borishga undovchi 5 sabab (foto)
14.02.2023, 13:14
Rossiyalik qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Turkiyadagi turar-joy binosi vayronalarini tozalash chog`ida katta miqdorda pul topdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi."Rossiya Favqulodda vaziyatlar...11.02.2023, 23:36
Turkiya — o`zbekistonliklar eng ko`p tashrif buyuradigan qadrdon davlat, tarixi tariximizga hamohang go`zal go`sha. Afsuski, bugun uning o`nlab hududlari ayanchli manzara kasb etmoqda. Turkiya va...08.02.2023, 10:49
Turkiyada zilzilalar sabab 5 ming 894 kishi hayotdan ko`z yumdi, 8 ming kishi qutqarildi.Bu haqda Vise-prezident Fuat Oktay ma`lum qildi.Qayd etilishicha, ayni paytga qadar zilzilalarda...06.02.2023, 13:15
Avval xabar qilganimizdek, Turkiyaning janubi-sharqida, Suriya bilan chegara yaqinida 7,4 ballik kuchli zilzila yuz berdi. Shuningdek, zilzila Turkiyadan tashqari Suriya, Kipr va Livanda ham ko`plab...