1

Maykl Blumberg AQSh prezidentligiga nomzodini qo`ymoqchi

Dunyo 09.02.2016, 11:05
Maykl Blumberg AQSh prezidentligiga nomzodini qo`ymoqchi

Nyu-Yorkning sobiq meri, milliarder va bir qancha OAVlar sohibi AQSh prezidentligiga nomzodini qo`ymoqchiligini bildirdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

U AQShdagi siyosiy bahslar “o`ta siyqasi chiqqan” darajada past, bu esa amerikalik saylovchilarni qattiq ranjitmoqda, jamoatchilik bundan “a`losiga” loyiq  deb fikr bildirdi.

“The New York Times” gazetasining yanvar sonida yozilishicha, Blumberg prezident saylovlarida ishtirok etish uchun maslahatchilariga milliard  dollar ajratishni ko`zda tutgan va erkin nomzod sifatida qatnashish loyihasini ishlab chiqish uchun topshiriq bergan. U bu kampaniyada qatnashishini joriy yilning mart oyiga belgilagan.

Nashrning ta`kidlashicha, Blumberg nomzodini ko`rsatib, saylov jarayonining keskin o`zgarishiga sababchi bo`lishi mumkin. Ekspertlarning fikricha, an`anaviy tarzda ikki etakchi siyosiy kuch – respublikachilar va demokratlar kurashadigan bu jangda erkin nomzod tizim doirasida kurash olib borsa-da, 2016 yil tajribasidan kelib chiqib, voqealar rivoji odat tusiga kirib qolgan narsalarni o`zgartirib yuborishi mumkinligini aytishmoqda.

Bu yilgi voqealar ekspertlarning o`tgan yilgi bashoratiga to`g`ri kelmayotgani haqida so`z yuritilmoqda. Ularning fikricha, sobiq Davlat kotibi, demokrat Xillari Klinton saylov yakunida Floridaning respublikachi gubernatori Jeb Bush yoki Viskonson gubernatori Skott Uoker bilan bellashishi lozim edi. Ammo Uoker saylovdan nomzodini olib tashlagandan keyin, Bush reytingning beshinchi o`rniga chiqib oldi.

AQSh prezidentligiga saylov 8 noyabr kuni o`tkaziladi.

Forbes versiyasiga ko`ra Maykl Blumberg dunyoning eng boy odamlari qatoriga kiradi. U 2013 yilda o`ninchi o`rinni egallagan edi. Jurnal uning mol-dunyosini 40,2 milliard AQSh dollari deb baholadi. Blumberg 12 yil davomida Nyu-York meri lavozimida xizmat qilgan va 2013 yili bu lavozimni tark etgan. U 12 yillik xizmat faoliyati davomida atmosferada parnik gazlarini 19 foizga kamaytirishga erishgan. 2030 yilga borib, bu ko`rsatkich 11 foizga kamayishi ko`zda tutilgan

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1